Marketing
Raqamli marketing, brending va iste'molchi xatti-harakatlarini o'rganib, ta'sirli biznes strategiyalarini yarating.
- 6
- Semestr
- 110
- kredit
- 11 mln so‘m
- bir semestr uchun
Ushbu dastur haqida
Tashkent Metropolitan University'dagi Marketing bo'yicha bakalavriat dasturi talabalarni tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan marketing dunyosida muvaffaqiyat qozonish uchun zarur ko'nikma va bilimlar bilan jihozlashga qaratilgan zamonaviy dasturdir.
Nazariy asoslarni amaliy tajriba bilan uyg'unlashtirgan holda, dastur talabalarni zamonaviy biznes talablariga javob bera oladigan darajada har tomonlama tayyorlaydi.
Talabalar iste'molchi xatti-harakati, raqamli marketing, brend boshqaruvi va strategik marketing kabi asosiy yo'nalishlarni o'rganib, auditoriya bilan bog'lanish va biznes o'sishini ta'minlash usullarini chuqur o'zlashtiradilar.
Xalqaro standartlarga mos o'quv reja asosida dastur amaliy tatbiqqa alohida e'tibor qaratib, keys-stadilar, real loyihalar va amaliyotlar orqali bilim beradi.
TMUda marketing shunchaki o'quv fani emas — bu muloqot, ijodkorlik va strategiya san'ati hamda faniga qaratilgan dinamik sayohatdir.
Ushbu dastur marketing sohasida yetakchi bo'lishni istagan, innovatsion kampaniyalar yaratish, bozor tendensiyalarini tahlil qilish va doimiy o'zgaruvchan global muhitda ta'sirchan brendlar qurishga qodir talabalar uchun ideal tanlovdir.
Ushbu dasturga qabul qilinish uchun talabalar Foundation dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bo'lishlari shart.
Kelajagingizni shakllantirishga tayyormisiz?
Tashkent Metropolitan University'ga qo'shiling — bu yerda innovatsiya va yuksaklik uyg'unlashadi.
Hozir ariza topshiring va jahon andozalariga mos ta'lim hamda global imkoniyatlar sari birinchi qadamni tashlang. Savollaringiz bormi?
Biz bilan bog'laning.
Nima uchun bu dasturni tanlash kerak?
Global nuqtai nazar
Xalqaro bozorlar, iste'molchi xatti-harakatlari va madaniy nozikliklarga chuqur tushuncha hosil qiling.
Amaliy tajriba
Yetakchi kompaniyalar bilan haqiqiy loyihalar, amaliyotlar va keis tadqiqotlari ustida ishlang.
Innovatsion o'quv reja
Raqamli marketing, brend menejment, ma'lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish kabi zamonaviy mavzularni o'rganing.
Ishga tayyor ko'nikmalar
Bozor tadqiqotlari, ijodiy muammolarni hal qilish va kommunikatsiya sohasida tajriba hosil qiling.
O'qish to'lovi haqida qiynalatyapsizmi?
Biz sizni qo'llab-quvvatlaymiz! TMU iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun stipendiyalar va moliyaviy yordam taklif etadi. Imkoniyatlaringizni o'rganing va ta'limni yanada arzon qiling.
Dastur mazmuni
Marketing bo'yicha bakalavriat dasturi har tomonlama ta'lim berish uchun keng qamrovli mavzularni o'z ichiga oladi. Asosiy fanlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- Marketing asoslari
- Iste'molchi xatti-harakati va psixologiyasi
- Raqamli marketing
- Marketing axborot tizimlari
- Loyiha boshqaruvi
- Strategik boshqaruv
- Mahsulot dizayni
Bosing va dastur o'quv rejasini ko‘ring.
Karyera imkoniyatlari
Marketing bo'yicha bakalavriat dasturi bitiruvchilari turli sohalarda qiziqarli karyeraga tayyorlanadilar, jumladan:
- Marketing boshqaruvi
- Raqamli marketing mutaxassisi
- Brend menejeri
- Bozor tadqiqoti tahlilchisi
- Jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassisi
Ko'p beriladigan savollar
TMUda Marketing dasturida o'qish qancha turadi?
Tashkent Metropolitan University'da Marketing dasturida o'qish narxi mahalliy talabalar uchun semestriga 11 000 000 UZS, xorijiy talabalar uchun esa semestriga 1 000 AQSH dollarini tashkil etadi. To'lovni semestriga ikki qismga bo'lib amalga oshirish mumkin.
Marketing dasturida o'qish necha yil davom etadi?
Marketing dasturi Foundation yilini ham qo'shgan holda to'rt akademik yil davomida kunduzgi shaklda olib boriladi va bakalavr (BA) darajasi beriladi.
Marketing dasturini tugatgach qanday malaka olaman?
Marketing dasturi bitiruvchilariga Tashkent Metropolitan University tomonidan bakalavr (BA) darajasi beriladi.
Marketing dasturiga kirish uchun qanday talablar qo'yiladi?
Marketing dasturiga TMU Foundation yilini tamomlagandan so'ng yoki unga teng keladigan tan olingan malaka bilan to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinish orqali kirish mumkin.
TMUda kelajagingizni oching!
Tashkent Metropolitan University'ga hoziroq ariza topshiring va akademik yuksaklik sari birinchi qadamni tashlang! Mavjud stipendiyalarimiz bilan tanishing va ta'limingizni yanada arzon qilish imkoniyatlarini kashf eting. Jonli ta'lim jamoasiga qo'shilish imkoniyatingizni boy bermang—hoziroq ariza topshiring!
